«shavkat xamrayev» tegli maqolalar


O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi
23 oktabr 2023, 14:38

O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi

Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1, dunyoda 13-o‘rinda — suv xo‘jaligi vaziri
6 iyul 2023, 18:23

O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1, dunyoda 13-o‘rinda — suv xo‘jaligi vaziri

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi, Osiyoda to‘rtinchi va dunyoda 13-o‘rinda turganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda mamlakatdagi sug‘oriladigan maydonlarning 28 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilib bo‘lingan.

O‘zbekiston suv vaziri Qo‘shtepa kanali orqali Afg‘oniston Amudaryodan qancha suv olishi mumkinligini ma’lum qildi
26 iyun 2023, 18:10

O‘zbekiston suv vaziri Qo‘shtepa kanali orqali Afg‘oniston Amudaryodan qancha suv olishi mumkinligini ma’lum qildi

Afg‘oniston Qo‘shtepa kanali orqali 600 ming gektar yerni sug‘ormoqchi ekani haqidagi gaplar asossiz. O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayevning aytishicha, “Tolibon” taxminan 300 ming gektarni sug‘ormoqchi, bunga 4−5 mlrd kub metr suv yetadi. O‘zbekiston mana shu miqdor saqlanib qolishiga intiladi.

“Qurilish oxiriga yetmagandi”. Suv xo‘jaligi vaziri — Sardoba fojiasi haqida
23 iyun 2023, 12:09

“Qurilish oxiriga yetmagandi”. Suv xo‘jaligi vaziri — Sardoba fojiasi haqida

Sardoba fojiasining sabablaridan eng kattasi — suv ombori qurilishi oxiriga yetmagandi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. 27 mlrd so‘mlik suv sizib chiqishidan boxabar qiluvchi maxsus uskunalar ham o‘rnatilmagan bo‘lgan. Suv ombori yorilgach esa barcha suv omborlarida kuchaytirilgan tekshiruv o‘tkazilgan.

“Kaxovka GESi portlatilishi suv omborlarimizga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatdi” — suv vaziri
22 iyun 2023, 19:18

“Kaxovka GESi portlatilishi suv omborlarimizga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatdi” — suv vaziri

Ukrainadagi “Kaxovka” GESi portlatilishi O‘zbekistondagi suv omborlariga ham ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatdi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartli ravishda “Chorvoq” GESi portlatilgan va zudlik bilan choralar ko‘rish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan. Video.

“O‘zbekiston kanal qurilishiga yordam beradi” — suv xo‘jaligi vaziri “Tolibon” qurayotgan kanal haqida (video)
21 iyun 2023, 22:47

“O‘zbekiston kanal qurilishiga yordam beradi” — suv xo‘jaligi vaziri “Tolibon” qurayotgan kanal haqida (video)

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri “Gazeta.uz” muxbirining “Tolibon” Amudaryodan suv olish uchun qurayotgan Qo‘shtepa kanali haqidagi savoliga javob berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu masalada “Tolibon”ga yordam ko‘rsatadi. “Bu kanal ikki xalqni urishtiradigan emas, birlashtiradigan do‘stlik kanali bo‘ladi”, — dedi u.

«Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas». Prezident suv xo‘jaligi vazirini tanqid qildi. Shuhrat G‘aniyev ham tanbeh eshitdi
16 noyabr 2020, 14:50

«Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas». Prezident suv xo‘jaligi vazirini tanqid qildi. Shuhrat G‘aniyev ham tanbeh eshitdi

Prezident suv xo‘jaligini vaziri Shavkat Xamrayevni Qashqadaryodagi irrigatsiya va melioratsiya ishlari holati uchun tanqid qildi. Shavkat Mirziyoyev unga viloyat suv xo‘jaligi rahbarlarini ishdan olish va ishlaydigan odamlarni qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev ham davlat rahbaridan tanbeh eshitdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting